MIB fuqaroning bir yarim yildan beri ololmayotgan 45 million qarzini undirib berdi

13:34 08 Iyun 2024 Jamiyat
586 0

Fuqaro Д.Х. 2021-yilning 21-noyabr sanasida tanishi Л.Т.дан zarurat yuzasidan bir oyda qaytarish sharti bilan 45 million soʻm qarz olgan va belgilangan sanada qaytarib bermagan. Shu sababli, fuqaro sudga murojaat qilishga majbur boʻladi.

Qashqadaryo viloyati Majburiy ijro byurosi Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan ushbu qarzdorlikni fuqaro Л.Т. foydasiga undirib bergan. Bu haqda tashkilot axborot xizmati xabar bermoqda.

«Byuroning Qamashi tuman boʻlimi tomonidan mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida mazkur qarz fuqaro Л.Т.га toʻliq undirib berildi hamda ijro hujjati ijrosi amalda tamomlandi», deb yoziladi xabarda.

Avvalroq, andijonlik ayol farzandlarini MIB orqali «undirib» olganligi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?