Meva va rezavorlar yetishtirish boʻyicha qaysi hudud yetakchi boʻldi?

15:14 18 Fevral 2026 Iqtisodiyot
259 0

2025-yilda respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3 479 624 tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, ushbu mahsulotlar hajmi hududlar kesimida taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich Andijon viloyati hissasiga toʻgʻri kelib, hududda yil davomida 751 887 tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 472 969 tonna koʻrsatkich bilan Fargʻona viloyati ikkinchi, 416 146 tonna koʻrsatkich bilan Namangan viloyati uchinchi pogʻonadan joy olgan.

Shuningdek, oʻtgan yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 79 975 tonna, Buxoro viloyatida 312 996 tonna, Jizzax viloyatida 111 228 tonna, Qashqadaryo viloyatida 215 248 tonna, Navoiy viloyatida 114 021 tonna, Samarqand viloyatida 408 356 tonna, Surxondaryo viloyatida 194 837 tonna, Sirdaryo viloyatida 51 577 tonna, Toshkent viloyatida 159 493 tonna, Xorazm viloyatida 189 940 tonna hamda Toshkent shahrida 951 tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilining mos davriga nisbatan 6,4 foizga oʻsdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер