“Metan zapravka”lariga kiritilgan cheklovlar qisqa fursatda bekor qilinishi mumkin
“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan hozirgi vaqtda tabiiy gazni teng taqsimlash va isteʼmolchilarga bir maromda yetkazib berish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.
“Zangori yoqilgʻi” toʻliq hajmda yetkazib berilyapti, yetishmovchilik kuzatilmayapti. Ammo ayrim joylarda isteʼmol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda va isteʼmolchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.
Muammolar kuzatilgan joylarda gaz taʼminotini yaxshilash borasida soha mutaxassislari tomonidan barcha kerakli ishlar davom ettirilmoqda. 2023-yilning 13-dekabr kuni gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholi va ulgurji isteʼmolchilarga 113,5 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bundan tashqari suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga 2223 tonna yoqilgʻi yetkazilgan.
Ayni vaqtda cheklovlar kiritilgan poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi AGTKSHlar faoliyatini qisqa fursatda tiklash maqsadida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring