Metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi
Illyustrativ foto
Aholi xonadonlari va ijtimoiy sohani tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, qoʻshni davlatdagi gaz tarmogʻida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani sababli zaruriy choralar koʻrilmoqda.
Xususan, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
Taʼkidlanishicha, birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini (maktab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy taʼlim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Yuqoridagi amaliy harakatlar ham aynan shu maqsadda joriy etilmoqda.
“Bu zaruriy choralar vaqtincha boʻlib, gaz bosimini meʼyorga keltirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilayotganini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, holat haqida qoʻshimcha axborot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring