Messi terma jamoasining jahon chempionati finalidan oldingi mashgʻulotlariga qatnashmadi
Foto: Reuters
Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi terma jamoasining jahon chempionati finalidan oldingi mashgʻulotlarga qatnashmagan.
“AS” nashri maʼlumotlariga koʻra, buning sababi hech qanday jarohat bilan bogʻliq emas. Hujumchining salomatligida muammo yoʻq, u sport zalida mashq qilgan. Maʼlum qilinishicha, mashgʻulotlarda, shuningdek, Aleksis Makallister, Rodrigo de Paul va Emiliano Martines ham qatnashmagan. Anxel di Mariya esa Xorvatiya terma jamoasiga qarshi yarim final uchrashuvini oʻtkazib yuborgach, umumiy guruhdagi mashgʻulotlarga qaytgan.
Argentina terma jamoasi 18-dekabr kuni uchinchi bor jahon chempioni kubogini qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega. Jamoaning raqibi amaldagi jahon chempion Fransiya terma jamoasi boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring