Meksikalik bokschi Gʻazo aholisiga 30 million dollar xayriya qildi
Arxiv surat
Boks boʻyicha ikkinchi oʻrta vazn toifasining mutlaq chempioni Saul Alvares Gʻazo aholisiga 30 million dollar xayriya qildi. Bu haqda meksikalik sportchi oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
«Gʻazo aholisiga chin qalbimdan hamdardlik bildiraman va muhtojlarga yordam koʻrsatilishi kerak, deb hisoblayman. 30 million dollarni Gʻazo aholisiga xayriya qilib, ularning farovonligiga oʻz hissamni qoʻshmoqchiman», deydi Alvares.
Maʼlumot uchun, Saul Alvares kecha, 5-may kuni Las-Vegasdagi «T-Mobile Arena»da tashkil etilgan professional boks oqshomida yurtdoshi Xayme Mungiyaga qarshi ringga koʻtarildi va 12 raund davom etgan jangda ochkolar hisobida gʻalaba qozondi. U mazkur bellashuvda zafar quchish orqali 35 mln dollar gonorarga ega boʻldi.
Aytish joiz, Saul Alvaresdan avval amerikalik bokschi Rayan Garsiya ham Gʻazo sektoriga gumanitar yordam tariqasida 20 million dollar xayriya qilgandi. 25 yoshli sportchi oxirgi jangini joriy yilning 21-aprel tongida hamyurti Devin Xeyniga qarshi oʻtkazib, gʻalabaga erishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring