Mehnat yarmarkasida 64 nafar fuqaro doimiy ish joyiga ega boʻldi

Andijon viloyatida aholining foydali ijtimoiy mehnat bilan band boʻlmagan qismini ish bilan taʼminlash borasidagi ishlar davom etmoqda. Jumladan, shu kunlarda viloyat boʻylab “Mehnat yarmarkalari” boʻlib oʻtmoqda. Qoʻrgʻontepa tumanida tashkil etilgan tadbirda 58 ta korxona va tashkilotlar oʻzlaridagi 94 ta boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi.
— Kollejni tamomlaganimdan keyin oʻqishni oliy taʼlim muassasasida davom ettirishga qaror qildim, — deydi Qoʻrgʻontepa tumanidagi «Savoy» MFYda istiqomat qiluvchi Sanobarxon Sattorova. — Afsuski, uch yillik urinishlarim zoye ketdi. Shuning uchun “Mehnat yarmarkasi”ga oʻzimga munosib ish topish maqsadida tashrif buyurdim. Natijada doimiy ish joyiga ega boʻldim. Bundan buyon tumandagi ip yigiruv korxonasida faoliyat yuritaman.
Shu kuni tadbir davomida Sanobarxon singari 64 nafar fuqarolar doimiy ish joyiga ega boʻlgan boʻlsalar, 6 nafar yurtdoshlarimiz 3 oylik kasb-hunar maktabiga yoʻnaltirildilar. Tadbir davomida xorijda mehnat qilishni ixtiyor etganlar yoki xorijdan qaytganlar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan zamondoshlarimiz ham eʼtibordan chetda qolganlari yoʻq.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring