«MDH muzeylarida Yevroosiyo merosi» nomli xalqaro konferensiya oʻtkazildi
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Temuriylar tarixi davlat muzeyida «MDH muzeylarida Yevroosiyo merosi» nomli xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Tadbirni Madaniy meros agentligi direktori oʻrinbosari Tursunali Kuziyev ochib berdi.
Dasturdan qadim zamonlardan to hozirgi kungacha boʻlgan mavzularni qamrab oluvchi keng koʻlamli mavzular oʻrin olgan boʻlib, qatnashchilar turli xil mavzularni muhokama qilishdi.
Konferensiya davomida Butunrossiya dekorativ sanʼat muzeyi bosh maslahatchisi, “Hamdoʻstlik merosi. Kelajak uchun anʼanalar” dasturi gʻoyasi muallifi, ilmiy rahbari Andreeva Galina Borisovna «MDH muzeylarida Yevroosiyo merosi. Aloqa nuqtalari» mavzusida maʼruza qildi. Mavzu atrofida muhokamalar oʻtkazildi.
Xalqaro konferensiyada MDH mamlakatlari muzeylarining 40 dan ortiq mutasaddilari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Ular arxeologiya, anʼanaviy liboslar, zargarlik buyumlari, zardoʻzlik buyumlari, shuningdek, sanʼatshunoslarning dekorativ sanʼatdagi oʻzaro taʼsirlar, grafik va rassomlar ijodida mahorat aks etishi haqidagi mavzularda maʼruzalar qilishdi.
Oʻz ishida anʼanaga tayanadigan dizaynerlar ishidagi tendensiyalar haqidagi maʼruzalarni alohida taʼkidlash joiz.
Konferensiya 2-dekabrga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring