MDH aʼzosini Yevropa Ittifoqiga qabul qilish koʻrib chiqilmoqda
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova bilan aʼzolik boʻyicha muzokaralarni rasman boshladi. Bu haqda “France 24” axborot agentligi xabar bermoqda.
Lyuksemburgdagi uchrashuvlar muzokaralarning boshlanishi boʻlib, ikki sobiq sovet davlati YEI bilan yaqin munosabatlarga kirishganini anglatadi. Bu Yevropa Ittifoqiga aʼzo 27 davlat uchun ham muhim qadam boʻlib, kelajakdagi yoʻnalishlarni belgilashga yordam beradi.
Vengriya bu kelishuvga rozi boʻlmagan yagona Yevropa Ittifoqi aʼzosi hisoblanadi. Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqi aʼzolari muzokaralarni boshlashga qarshi emas. Jarayon uzoq va qiyin ketishi kutilmoqda. Buning asosiy sababi esa ushbu mamlakatlar qonunchiligining YEI yurideksiyasiga mos kelish yoki kelmasligidir.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqining qarorini Ukraina uchun tarixiy voqea sifatida baholadi. U Ukraina uzoq yillik Yevropa orzusini amalga oshirayotganini bildirgan. Ukraina delegatsiyasiga bosh vazir oʻrinbosari Olga Stefanishina, Moldova delegatsiyasiga esa bosh vazir Dorin Rechan boshchilik qilyapti.
Muzokaralar sekin kechishi kutilmoqda, ayniqsa Vengriyaning YEIga raisligi davrida buning amalga oshishi “ertak” kabi boʻlishi mumkin. Bunga Venaning Moskva bilan yaqin aloqalari taʼsir qiladi, degan taxminlar mavjud.
Aytish kerakki, Moldova Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo mamlakat hisoblanadi. Agarda kelishuv amalga oshsa, u MDHdan chiqib ketishi ham mumkin.
Shunga qaramasdan aytish joizki, YEIga aʼzo boʻlish qiyin va uzoq jarayon hisoblanadi. Buni Turkiya va Gʻarbiy Bolqon davlatlari misolida koʻrish mumkin. Turkiya 1999-yildan beri Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish uchun nomzod davlat hisoblansada, demokratiya, qonun ustuvorligi va Kipr bilan keskinlik bilan bogʻliq muammolar tufayli kelishuvga erisha olmay kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring