MB: “Mazkur holat yuzasidan tezkor tekshiruv ishlari boshlangan”
Kecha, 8-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Humans” ilovasiga bogʻlangan bank kartalaridan katta miqdordagi mablagʻlar asossiz yechib olingani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Bildirilishicha, 8-dekabr kuni soat 08:30 atrofida Markaziy bankka fuqarolar tomonidan “Humans” ilovasi orqali mablagʻlar yechib olingani haqida murojaatlar kelib tushgan. Ushbu holat yuzasidan Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida “Octagram” AJ (“Paylov” – savdo belgisi) bilan bogʻlanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash va ehtimoliy zaiflikni bartaraf etish maqsadida P2P amaliyotlarini toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma bergan.
Shuningdek, 9-dekabr holatiga koʻra “Humans” mobil ilovasi orqali “Octagram” AJ (“Paylov” – savdo belgisi) tomonidan olib borilayotgan barcha toʻlov xizmatlari vaqtincha toʻxtatilgan.
“Hurmatli fuqarolar, “Uzcard” va “Humo” kartalari orqali amalga oshiriladigan toʻlov va oʻtkazmalar odatiy tartibda ishlamoqda. Kartalardan boshqa bank va toʻlov tashkilotlari ilovalarida foydalanish imkoniyati ham saqlanib qolgan”, deyiladi regulyator bayonotida.
Taʼkidlanishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan tezkor tekshiruv ishlari boshlangan boʻlib, barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar oʻrtasidagi amaliy hamkorlik toʻliq oʻrganilmoqda. Tekshiruv natijalari boʻyicha qoʻshimcha rasmiy axborot taqdim etiladi.
Markaziy bank, fuqarolardan yuqoridagi holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda murojaat qilishlarini soʻragan.
Maʼlum qilinishicha, “Humans companies” AJ va “Octagram” AJ tashkilotlari oʻrtasida 2025-yil 10-aprelda 32-sonli shartnoma imzolangan boʻlib, unga muvofiq “Humans” agent sifatida oʻz mijozlariga toʻlov xizmatlarini (toʻlov va P2P pul oʻtkazmalari) yetkazib berishni boshlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring