Mavsumga tayyorgarlik avj pallada

12:26 05 Sentyabr 2025 Jamiyat
73 0

Mamlakatimizda aholining turmush darajasini oshirish, uy-joy fondini mustahkamlash va qish mavsumini barqaror oʻtkazish maqsadida tizimli ishlar davom etmoqda. Xususan, Andijon viloyatida koʻp qavatli turarjoylarni rekonstruksiya qilish, joriy taʼmirdan chiqarish hamda hududlarda obodonlashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

— Hozirda viloyat boʻyicha 2200 ta koʻp qavatli uy, ulardagi xonadonlar boshqaruv va xizmat koʻrsatish tizimiga qamrab olingan, — deydi Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi xodimi Rustamjon Eshonov. — Bu jarayonlarda 26 ta boshqaruv servis kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Ayni paytga qadar elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda oqova suv tarmoqlari nazoratdan oʻtkazilib, mavjud muammolar bartaraf etildi. Dastur doirasida uylarning fasad qismlari zamonaviy talablarga mos ravishda yangilanmoqda, kirish yoʻlaklari taʼmirlanmoqda, tashqi yoritish tizimlari qayta tiklanib, energiya tejamkor sensor chiroqlar oʻrnatilyapti. Shuningdek, aholining qulay yashash sharoitini taʼminlash maqsadida bolalar maydonchalari barpo etilmoqda va mavjudlari yangilanmoqda.

Kompleks ishlar nafaqat mahallalarning estetik koʻrinishini yaxshilaydi, balki koʻp qavatli uylarning issiqlik samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash hamda aholining xavfsiz va farovon yashashini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер