Masʼuliyatsizligi uchun bir qator sudyalar intizomiy jazoga tortildi

12:37 08 May 2022 Jamiyat
1247 0

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga koʻra, masʼuliyatsizligi va yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun bir qator sudyalar intizomiy jazoga tortildi. Xususan:

— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi B. Israylov;

— Fargʻona viloyat sudi raisining oʻrinbosari – iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi A. Madaminov;

— Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Paxtaobod tuman sudining raisi Sh. Mirzakarimov;

— Navoiy viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qiziltepa tuman sudining raisi A. Avezov;

— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Koson tumanlararo sudining raisi Sh. Xoliqov;

— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumanlararo sudining sudyasi L. Abdullayev;

— Xorazm viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Gʻ. Matyakubov;

— Xorazm viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Urganch tuman sudining sudyasi R. Bobajanov;

— Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi Sh. Xoljigitov;

— Toshkent viloyati fuqarolik ishlri boʻyicha Yangiyoʻl tumanlararo sudining raisi Sh. Xaydarov;

— Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi M. Maxmudov;

— Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi A. Yuldashev intizomiy jazoga tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?