Mastercard Oʻzbekistonda vakolatxonasini ochadi
Mastercard Oʻzbekistondagi birinchi rasmiy vakolatxonasi ochilishi haqida eʼlon qildi. Bu haqda bugun Samarqandda boʻlib oʻtayotgan YTTB har yilgi konferensiyasi davomida maʼlum qilindi, bu esa Oʻzbekiston bilan global hamkorlik ahamiyatini yaqqol namoyon etadi. Mastercard – toʻlovlarni qayta ishlash sohasida dunyodagi eng yirik korporatsiya boʻlib, mavjudlik geografiyasini kengaytirmoqda va mahalliy sheriklar va tarmoqdagi manfaatdor tomonlar bilan munosabatlarini yanada mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
— Rasmiy vakolatxonani ochish bizga joylardagi ehtiyojni yaxshiroq tushunish imkonini beradi, natijada eng zamonaviy raqamli texnologik yechimlarni taklif etib, yanada gʻayrat bilan ishlaymiz, — dedi EEMEA (Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika) mintaqasida Mastercard prezidenti Dimitrios Dosis.
Konferensiya doirasida Mastercard inklyuziv taraqqiyot markazi oʻta muhim global sherik — Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bilan Markaziy Osiyoda kelgusida hamkorlikni kengaytirish va kichik biznes sohiblari, ayniqsa ayollar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida Oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi. Ushbu Anglashuv memorandumi Oʻzbekiston va Qozogʻistonda mikro hamda kichik korxonalar (MKK) raqamli imkoniyatlarini kengaytirish uchun Markaziy Osiyodagi kelgusidagi hamkorlikni oʻrganishga qaratilgan.
Oʻtgan yilda Mastercard va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻrtasida Raqamli texnologiyalar sohasida sheriklik toʻgʻrisida uch yillik kelishuv va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kichik va oʻrta korxonalarni raqamlashtirish, fintex, kiberxavfsizlik, turizm, aqlli shahar, moliyaviy savodxonlik, shuningdek moliyaning hammabopligi kabi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha Anglashuv memorandumi imzolangandi.
Bu yil, Raqamli texnologiyalar sohasidagi sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq, Mastercard Advisors Oʻzbekiston Markaziy banki bilan birgalikda Oʻzbekistonda raqamli toʻlovlar oʻtishini yanada jadallashtirishga qaratilgan toʻlov ekotizimini rivojlantirish boʻyicha 8 komponentli loyihani muvaffaqiyatli yakunladi. Tavsiyalar majmui Kelishuv qamrab olgan sakkizta komponentning har biri uchun rivojlanish ustuvorliklarini belgilaydi.
— Mastercard innovatsion raqamli toʻlov yechimlari yordamida Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyoda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga koʻmaklashishga intiladi, — deydi EEMEA (Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika) mintaqasida Mastercard prezidenti Dimitrios Dosis. — Eʼtiborimiz toʻlovlarning raqamli usullaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda joylashuvi va moliyaviy holatidan qatʼi nazar, barcha isteʼmolchilar uchun xavfsiz va ishonchli tranzaksiyalarni taʼminlashga qaratilgan. Biz mintaqaning yosh va texnik jihatdan ilgʻor ulkan salohiyatni koʻryapmiz hamda tadbirkorlik va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlovchi hamkorlik va dasturlarga investitsiya kiritamiz.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring