Mashhur hind kino yulduzi Hema Malini Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi
“Ipak yoʻli durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivalida mashhur hind kino yulduzi Hema Malini va kinorejissyori Umesh Mehra ishtirok etadi.
“Qadrli doʻstlarim va oʻzbek xalqi, meni xalqaro kinofestivalga taklif qilganlaringiz uchun minnatdorlik izhor qilaman hamda tez kunlarda Toshkentda boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarni intiqlik bilan kutib qolaman”, deb taʼkidlagan Hema Malini oʻzbek kino ixlosmandlariga qilgan videomurojaatida.
Kinoaktyor, prodyuser, rejissyor, raqqosa va siyosatchi Hema Malini “Zita va Gita”, “Qasos va qonun”, “Samrat” hamda boshqa filmlarda oʻynagan rollari bilan yaxshi tanish. Uning mashhurligi, ayniqsa, “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmi kino ekranlariga chiqqanidan soʻng yanada yuksaklikka koʻtarilgan.
Kinotomoshabinlar uning soʻnggi yillarda tushgan filmlaridan biri — “Vir va Zara”ni ham katta qiziqish bilan kutib olgan.
XVI Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yil 15-19-sentyabr kunlari oʻtkazilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring