Maryam Sultonmurodovaning hayoti haqida film suratga olinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-noyabrdagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Madaniy meros agentligi, mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralarda hamda Xorazm viloyatida bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi toʻgʻrisida” 178-son Rayosat majlisi bayonining 2-ilovasi 11-bandi ijrosi yuzasidan “Yoshlik” kinostudiyasi va “Xorazmsinema” MCHJ hamkorlikda XX asrning 20 yillarida Germaniyada oʻqigan oʻzbek talabalaridan Maryam Sultonmurodovaga bagʻishlangan “Matonatli Maryam” filmi suratga olinmoqda.
“Matonatli Maryam” toʻliq metrajli, drama janridagi badiiy filmda 1922-yilda Turkistonlik jadidlarning tashabbusi bilan Germaniyaga oʻqishga yuborilgan Xorazmlik Maryamxon Sultonmurodovaning taqdiri hikoya qilinadi. Xorazmda tugʻilgan Maryamxon otasi – “Yosh xivaliklar” harakatining yoʻlboshchilaridan boʻlgan Xorazm Xalq Respublikasining muvaqqat rahbari Jumaniyoz Sultonmurodovning taraqqiyparvarlik gʻoyalari taʼsirida ulgʻayadi. Shu sabab toʻsiqlarga qaramay Germaniyaga borib oʻqishga intiladi va buning uddasidan chiqadi.
Maryam Sultonmurodovaning ilm olishdagi mashaqqat va qiyinchiliklarni yengib oʻtgani va kasbiga boʻlgan masʼuliyati, Sovet davri qatagʻonlariga ham qaramay hamisha oldinga intilgani, ikki marotaba qamalib, ozodlikka chiqqach ham taraqqiyparvarlik yoʻlidagi jasorati filmning asosiy gʻoyasini tashkil qiladi. Maryamxon oʻzbek ayollarining matonat timsoli sifatida har bir davr oʻzbek qizlari, ayollariga namuna sifatida tasvirlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring