Markaziy bank raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi

17:30 28 Oktyabr 2025 Iqtisodiyot
345 0

Foto: Markaziy bank

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga koʻra;

• Nodirbek Muhammadiyevich Achilov — Markaziy bank raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Mazkur tayinlovga qadar Achilov Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.

• Sanjar Salaydinovich Nosirov — Markaziy bank raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Nosirov bungacha Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.

• Nusratulla Nigmatullayevich Fazilov — Markaziy bank raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Fazilov ushbu tayinlovgacha Banklarni prudensial nazorati departamentiga rahbarlik qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?