Markaziy bank inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi
Oʻzbekiston Markaziy banki isteʼmol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflyatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblash mumkin boʻlgan inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi. Bu haqida “Markaziy bank” xabar berdi.
Mazkur kalkulyator Markaziy bank saytining pul-kredit siyosati boʻlimida joylashtirilgan boʻlib, unda Statistika agentligi tomonidan hisoblab boriladigan isteʼmol narxlari indeksi oylik maʼlumotlaridan foydalaniladi.

Inflyatsiya kalkulyatori kiritilgan ikki davr oraligʻida isteʼmol narxlari indeksi dinamikasi asosida narxlar oʻzgarishi, davr boshidagi kiritilgan miqdorning yakuniy davrdagi qiymati, oʻrtacha yillik inflyatsiya va oʻrtacha oylik inflyatsiya koʻrsatkichlarini hisoblaydi.
Ushbu kalkulyator bilan 1999-yil dekabrdan 2025-yilning yanvar oyigacha boʻlgan davrdagi inflyatsiya koʻrsatkichini hisoblash mumkin. Jumladan, 1999-yilning dekabr oyidagi 100 ming soʻm pul mablagʻi 2025-yilning yanvar oyidagi 1 million 233 ming soʻmga toʻgʻri keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring