Marhamat tumanida “Koʻhna Dovon sirlari” I-arxeologiya turizmi forumi oʻtkazildi

18:58 30 Avgust 2023 Jamiyat
573 0

Respublikamizda barcha sohalar singari turizm sohasi ham jadallik bilan rivojlanib bormoqda.

Andijon viloyatida turizmning istiqbolli sohalaridan biri arxeologiya turizmi hisoblanadi.

Milloddan avvalgi V-IV va milodning IV asrlarda hukm surgan “Dovon” davlatining poytaxti boʻlgan “Ershi” shahrining tarixi joylashgan “Mingtepa” arxeologiya yodgorligi noyob turizm obyektlaridan biridir. 

Mazkur yodgorlik tarixi bilan keng jamoatchilik, soha mutaxassislari, olimlar tomonidan ushbu obyektni ilmiy jihatdan oʻrganilganda aniqlangan yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida, Marhamat tumanida I-arxeologiya turizmi forumi oʻtkazildi. 

Forum Turizm qoʻmitasi, Madaniyat va turizm boshqarmasi, Marhamat tumani hokimligi, Andijon davlat universiteti hamkorligida oʻtkazildi.

Tadbirda professor-olimlar, jamoatchilik vakillari va tarix faniga qiziquvchi faol yoshlar ishtirok etdi.

Forum doirasida “Mingtepa” tarixi va uning ahamiyati, viloyatda turizm sohasining rivojida oʻrni va yodgorlik bilan bogʻliq ilmiy yangiliklar muhokama etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?