Margʻilon shahrida Raqamli texnologiyalar markazi ish boshladi
Texnopark binosi 120 dan ortiq ish oʻringa moʻljallangan boʻlib, 25 yangi axborot texnologiyalari sohasida xizmat koʻrsatadigan korxonalarni joylashtirish imkoniyati mavjud.
Mazkur Texnoparkda korxonalarga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma,yaʼni zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markaz hamda ofis maydonlari taqdim etilgan. Ularga raqamli texnologiyalar, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ham koʻrsatiladi. Yaqin kelajakda texnopark rezidentlari va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya aloqalari yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan.
Yangi markazning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimligi mutasaddilari, rasmiylar,keng jamoatchilik vakillari, faol yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Eʼtiborli jihati shundaki, endilikda markazda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali, Fargʻona politexnika instituti hamda Toshkent texnika universiteti Fargʻona filiali talabalari uchun turli xil amaliy mashgʻulotlar, laboratoriya darslari oʻtkaziladi.
— Fargʻona viloyatida 71 ming yoshlar chet elga ish izlab chiqib ketgan, 49 mingdan ortiq yoshlar esa ishsiz edi, -deydi Raqamli texnologiyalar markazi direktori BaxromJalilov. - Ushbu yoshlarni masofadan internet orqali IT xizmatlarni koʻrsatishga hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritishga oʻrgatilsa, ishsiz yoshlarning oʻzi qolmaydi.Chunki raqamli texnologiyalar va dasturlash asoslari boʻyicha 15 mingdan ortiq talaba va yoshlar oʻqitilishi rejalashtirilgan. Kelajakda bu orqali IT sohasida dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi 70 dan ortiq yangi korxonalar tashkil etiladi. 500 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi hamda
80 ta masofadan IT-xizmatlarini koʻrsatuvchi frilanserlar paydo boʻladi. 500 dan ortiq koʻngillilarga dasturlash, robototexnika, 3D arxitektura, kibersport yoʻnalishida amaliyot oʻtiladi. 1,5 mingdan ortiq davlat tashkilotlari xodimlari IT sohasida malakalarini oshiradilar.
Bundan tashqari, ITsohasida dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi korxonalar tomonidan elektron tijorat, IT va biznes konsalting, qishloq va suv xoʻjaligi, robototexnika, taʼlim va masofaviy taʼlim hamda boshqa sohalarda raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Rossiya Federatsiyasi Perm shahrida joylashgan “Morion digital”, “Texnopark Perm” , Belarusdagi “PVT”, Rossiya federatsiyasining "Skolkovo” texnoparklari hamda AQSH da faoliyat yuritadigan IT-Park vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik oʻrnatgan holda 2022-yilda bu yerda umumiy xizmatlar xajmi 20 mlrd. soʻmga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Elyorjon EHSONOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring