“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiylari bilan gʻalati holat yuzaga keldi

18:57 01 Sentyabr 2025 Sport
929 0

Germaniyaning “Bayer Leverkuzen” klubi Bundesligadagi qoniqarsiz natijalar sababli oʻz bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub oʻz sahifasida xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Ten Hag 2025-yilning 27-may sanasidan “Bayer Leverkuzen” jamoasini boshqarib kelayotgan edi.

Qizigʻi, Erik “Manchester Yunayted” jamoasining sobiq bosh murabbiyi hisoblanadi va soʻnggi 2 oy ichida, yaqin 10-yil davomida “qizil iblislar”ni boshqargan 5 murabbiyning 4 nafari ishdan ketdi:

• Iyul oyi yakunida “Midlsbro” jamoasi 2021-yili “Manchester Yunayted”ni boshqargan Maykl Karrikni isteʼfoga chiqardi;

• Iyul oyining oʻrtalarida “Lester Siti” klubi 2024-yilda “qizil iblislar”ga ustozlik qilgan Ruud van Nistelroyni ishdan boʻshatdi;

• 28-avgust kuni Turkiyanning “Beshiktosh” jamoasi 2018–2021-yillarda “Manchester Yunayted”ni boshqargan Ole Gunnar Sulsherga ishdan oldi;

• 29-avgust kuni 2016–2018-yillarda “qizil iblislar”ga ustozlik qilgan Joze Mourinyo “Fenerbaxche” bosh murabbiyligidan boʻshatildi.

Bugun isteʼfoga chiqarilgan Erik ten Hag ushbu qatorga beshinchi boʻlib qoʻshilmoqda. Qayd etish kerakki, yaqin yillarda “Manchester Yunayted” klubida ishlagan murabbiylardan faqatgina Ralf Rangnik Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер