“Manchester Siti” eng koʻp pul sarflagan jamoa
Joriy yilning 2-fevral sanasida dunyoning koʻplab mamlakatlari uchun qishki transferlar oynasi yopilgan edi. “Transfermarkt” portali ushbu muddatda futbolchilarni transfer qilish uchun eng koʻp mablagʻ sarflagan jamoalar roʻyxatini eʼlon qildi.
Unga koʻra, yanvar oyida 5 nafar futbolchini sotib olgan “Manchester Siti” klubi ushbu roʻyxatda birinchi oʻrinni egallab turibdi. “Shaharliklar” Antuan Semenyo, Mark Gei, Maks Alleyn, Klaudio Echeverri va Sverre Nyupan kabi futbolchilarning transferi uchun umumiy hisobda 95 million yevro sarflagan.
Bu borada ikkinchi oʻrin “Kristal Pelas” klubiga tegishli. London klubi qishda Brennan Jonson va Yurgen Larsenni 89,7 million yevroga xarid qilgan.
Shuningdek, kuchli uchlikdan Saudiya Arabistonining “Al-Xilol” jamoasi ham oʻrin egallagan. Ushbu jamoa qishki transferlar oynasida 7 nafar yangi futbolchi uchun 70,8 million yevro sarflagan.
Bu koʻrsatkich boʻyicha keyingi oʻrinlarni quyidagi jamoalar egallab turibdi:
“Vest Hem” — 56,3 million yevro;
“Tottenhem” — 55 million yevro;
“Atletiko Madrid” — 54 million yevro;
“Flamengo” — 53,7 million yevro;
“Al-Ittihod” — 45 million yevro;
“Bornmut” — 42 million yevro;
“Fenerbaxche” — 37 million yevro.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring