“Manchester Siti” Angliya kubogi yarim finalida gʻalaba qozondi
Kecha, 13-yanvar kuni Angliya futbol assotsiatsiyasi kubogi musobaqasining yarim final oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” klubi “Nyukasl” jamoasi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 0:2 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga 53-daqiqada jamoaning yangi aʼzosi Antuan Semeno va 90+8-daqiqada Rayan Cherki mualliflik qildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Uning oʻyini “Sofascore” portali tomonidan 8,1 ballga baholandi. Bu mazkur bahsda futbolchilar orasida qoʻyilgan eng yuqori baho boʻldi.
Maʼlumot uchun, endi “Manchester Siti” 4-fevral kuni yarim finalning javob bahsi doirasida “Nyukasl” klubini oʻz maydonida qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring