Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tilga kirdi: Bobur haqida film suratga olinayotgani haqiqatdan yiroqligi maʼlum qilindi

12:57 27 Iyul 2024 Madaniyat
444 0

Ijtimoiy tarmoqlarda hindlar Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film olayotgani va nomi “Buyuk moʻgʻul imperatori Bobur” ekani aytilayotgan xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, Bobur bilan bogʻliq tarix haqida dunyo ahlini chalgʻitish kabi bu holat mamlakat jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab boʻldi.

«Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan maʼlumot olish uchun bogʻlandim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qoʻshimcha xabar beriladi.

Kinematografiya milliy agentligi bilan ham suhbatlashdik. Xabaringiz bor, Oʻzbekistonda eng qadimgi oʻtmishdan to yaqin tarixgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olgan “Tirik tarix” loyihasi doirasida sarkardalarimiz, allomalar haqida turkum filmlar yaratilmoqda. Bu loyiha ham tez orada oʻz samarasini berib, milliy oʻzligimiz bilan bogʻliq tariximiz ekranlarda gavdalanadi», deb yozadi Otabek Hasanov.

Markaz rahbarining qoʻshimcha qilishicha, milliy gʻurur, vatanparvarlik shunchaki kitoblaru, quruq soʻzlarda emas, xalqimiz ongu shuurida yashamoqda, keng jamoatchilik esa bu kabi holatlarga aslo befarq emas.

“Xalq soʻzi” nashri Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining shu kabi xabarlarga munosabat bildira boshlaganini ijobiy baholaydi. Bu holat tashkilotning maʼlum maʼnoda “uygʻongani”dan darak. Shu kunga qadar markaz rahbariyati ijtimoiy tarmoq muhokamalariga qiziqmagan va biror marotaba oʻz pozitsiyasini bildirmagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер