Maʼmuriy islohotlar doirasida ayrim qonunlarga oʻzgartishlar kiritilmoqda
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning qirq beshinchi majlisida “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun senatorlar tomonidan koʻrib chiqildi.
Maʼlumki, “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga asosan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarni oʻz ichiga oladigan yaxlit tizimi joriy etildi.

Oʻz navbatida maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining “davlat qoʻmitasi” shakli bekor qilinib, amalda faoliyat yuritayotgan davlat qoʻmitalari negizida vazirliklar tashkil etildi yoki qoʻmita, agentlik yoxud inspeksiya shaklida qayta tashkil etilib, tegishli vazirliklarning tashkiliy boʻysunuviga oʻtkazildi.

Senat yalpi majlisida muhokama qilingan mazkur hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga “Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalari” degan tushuncha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligidan chiqarib tashlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu oʻzgarishlar Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarining birinchi bosqichi amalga oshirilishini taʼminlashga, shuningdek professional boshqaruv prinsiplariga asoslangan va natijaga yoʻnaltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Yuqoridagi qonunning 5-moddaga asosan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlardan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida, oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi haqida, vazirliklar va idoralarning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi toʻgʻrisida, shuningdek xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari kesimida mablagʻlarning sarflanishi haqida vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborot kiritildi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring