Mamlakatimizga sayyohlar oqimini yanada oshirish uchun mehmonxona va mehmon uylarini koʻpaytiriladi
Mamlakatimizga sayyohlar oqimini yanada oshirish uchun mehmonxona va mehmon uylarini koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Bu borada Parkentdagi Kumushkon, Hisarak, Soʻqoq, Boshqizilsoy, Changi, Zarkent, Boyqozon mahallalarida turizm maskani tashkil etiladi.
Xonobod shahri, Boysun, Baxmal, Forish, Angren va Ohangaronda ham turizm maskanlari master rejasini tayyorlash topshirildi.
Omonxona, Maydanak kabi turistik obyektlar infratuzilmasini yaxshilashga 30 million dollar yoʻnaltirish, turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllar infratuzilmasiga qoʻshimcha 200 milliard soʻm ajratish qaror qilindi.
Yoʻllarni taʼmirlash bilan birga, ular atrofida kompleks xizmatlarni rivojlantirishda yangicha yondashuv boʻladi.
Turizm obyektiga olib boradigan qaysi yoʻl taʼmirlanayotgan boʻlsa, oʻsha yoʻl boʻyida savdo va servis shoxobchalarini joylashtirish boʻyicha master rejalari ishlab chiqiladi va tadbirkorlarga beriladi, aholi va turistlar uchun qulay marshrutlar ishlab chiqilib, jamoat transporti yoʻlga qoʻyiladi, xostel va mehmon uylari tashkil qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring