Mamlakatimizdagi ilk nodavlat vrachlar malakasini oshirish markazi bitiruvchilariga sertifikat topshirildi

15:41 10 Avgust 2022 Jamiyat
892 0

Foto: Xalq so‘zi

Shu yili 18-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash xodimlari bilan oʻtkazgan ochiq muloqotda yirik va nufuzli xususiy shifoxonalarga ham shifokor va hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash markazlari ochishga ruxsat berilishini alohida taʼkidlagan edi.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tajribali urolog shifokor, II darajali “Salomatlik” ordeni sohibi Alisher Boboyev tashkil etgan “Dr.Boboev health center” xususiy klinikasi qoshida nodavlat vrachlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi ochildi va bugun uning ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

— “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil, malakali tibbiy xizmatni xalqimizga yanada yaqinlashtirish borasidagi ezgu maqsadlarimizga qaratilgan islohotlar samarasining amaldagi yaqqol ifodasini mana shu yerda koʻrib turibmiz, — dedi tadbirda onlayn tarzda ishtirok etgan sogʻliqni saqlash vaziri birinchi oʻrinbosari Amrillo Inoyatov. — Poytaxtdagi mutaxassis olis togʻ tumaniga borib mahorat oʻrganadi, desa shu paytgacha birov ishonarmidi? Bugun shu markazda tahsil olib, endourolog maqomiga sazovor boʻlgan shifokorlarimiz orasida Buxoro, Samarqand, Jizzax, Xorazm va hatto Toshkent shahridan mutaxassislar borligi hayratlanarli natijadir. Bu jamoa mamlakatda birinchilardan boʻlib xususiy sektorda mutaxassislar malakasini oshirish va tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali order tizimi asosida xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻydi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Shavkat Gʻafforov, kurs bitiruvchilari va klinikada davolanib, salomatligini tiklagan keksa otaxonlar muassasa jamoasiga muvaffaqiyat tiladi.

Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер