Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari oʻrin olgan.
Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Malayziya Hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy va maʼnaviy merosi bilan tanishadi, qoʻshma biznes forumida ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring