"Maktablarda nafaqat oshxonalarni tashkil etish, balki maʼlum miqdorda bepul ovqatlanish sharoitlarini yaratib berish haqida oʻylashimiz kerak!"
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida maktab oshxonalari va bogʻchalardagi holat haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi:
— Barcha maktablarda nafaqat oshxonalarni tashkil etish, balki oshxonalarda bolalarga, kerak boʻlsa, maʼlum miqdorda bepul ovqatlanish sharoitlarini yaratib berish haqida oʻylashimiz kerak!
Mana shu masalalarni maktablarda biz hal qilishimiz, maktab menejmentini shakllantirishimiz, oʻqituvchini oʻz ishini qilishi uchun barcha sharoitlarni yaratishni oldimizga asosiy vazifalardan biri sifatida belgilashimiz lozim hamda xalq vakillari sifatida bu islohotlarda faol ishtirokchi boʻlib, huquqiy asoslarini yaratishimiz va uni amalga oshirishni nazorat qilishimiz kerak boʻladi.
...Bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlayotgan odam sohani egasi boʻlishi kerak. U bolajon, u mehribon inson! Bugun biz bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlayotgan 20-30 foiz atrofidagi oliy maʼlumotli tarbiyachilar bilan yetarli darajada masalani hal etyapmiz, deb ayta olamizmi? Afsuski, yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring