Maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslari joriy etiladi

12:39 03 Yanvar 2024 Jamiyat
554 0

Foto: Arxiv surat

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan:

— onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun gemotopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etiladi;

— virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni hamda gemotopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan davolash yoʻlga qoʻyiladi.

2023-yil 1-oktyabrdan ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan yoki tushish xavfi yuqori boʻlgan har bir oila boʻyicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi”ni yuritish tartibi joriy etiladi.

2024-yil 1-yanvardan:

— Toshkent shahrining tibbiyot muassasalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar hajmi va dori vositalari roʻyxatini amaliyotga kiritishni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

— nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya hamda dori vositalari bilan taʼminlash ishlari “vaucher” tizimi asosida tashkil etiladi;

— ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qayta kasbga tayyorlash xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Qaror bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2023-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

— maktablarda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslarini joriy etish;

— 5 ming nafargacha professor-oʻqituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuborish;

— Buxoro shahrida Jadidlar muzeyini tashkil qilish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?