Maktablar xalq taʼlimi yoʻnalishidagi bosma nashrlar bilan taʼminlanadi — Prezident farmoni
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturga muvofiq mahalliy hokimliklar maktablarni faqat xalq taʼlimi yoʻnalishidagi bosma nashrlar bilan taʼminlashlari yuklatildi.
Xususan, har bir maktab “Maʼrifat”, «Учитель Узбекистана», “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq taʼlimi”, “Til va adabiyot taʼlimi”, “Boshlangʻich taʼlim”, “Gʻuncha”, “Gulxan” jurnallari bilan obuna uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida taʼminlanadi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda va xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada joriy qilinayotgan yangiliklardan oʻqituvchi-pedagoglarni bevosita bosma nashrlar orqali xabardor qilib borish, shuningdek, oʻquvchilarning bilimi va tafakkurini oshirishga, maʼnaviy-intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirishga moʻljallangan bolalar nashrlari orqali esa oʻquvchi-yoshlarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarida oʻqishlarini tashkil etgan holda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashib borishdan iboratdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring