Maktab kutubxonalariga har yili 10 mln donadan badiiy adabiyotlar beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
2026-yili “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trillion soʻm kredit beriladi. Bu haqda Prezidentimiz Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida aytib oʻtdi.
Kredit foizining milliy valyutada 10 foizgacha, xorijiy valyutada 4 foizgacha qismi Tadbirkorlik kompaniyasidan qoplab beriladi. Natijada mahallalarda 100 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Har bir mahallada 40 tadan mikro loyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga 2026-yilda yana 7,5 trillion soʻm resurs ajratiladi.
Yangi yilda mahallalardagi aholini, xususan, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, buning uchun zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha uch yillik dastur qabul qilinib, bunga 1 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
Mahalla yoshlarining kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida maktab kutubxonalari har yili 10 million dona badiiy adabiyotlar bilan taʼminlab boriladi.
Ikkinchi ustuvor yoʻnalish – iqtisodiyotni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish.
«Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda faqat yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqaradigan davlatlargina dunyo bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlmoqda.
Shuning uchun iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori samaradorlikka erishish kelgusida islohotlarimizning bosh mezoni boʻlishi shart», dedi Prezidentimiz.
Masalan, sanoatda yuqori texnologik va kam energiya isteʼmol qiladigan tarmoqlar rivojlantirilgani hisobiga joriy yilda 1 dollar mahsulot uchun sarflanadigan yoqilgʻi-energiya miqdorini 13 foizga kamaytirishga erishildi.
Shu bois, 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 240 milliard dollardan oshirish uchun eng toʻgʻri yoʻl – barcha sohalarni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish ekani taʼkidlandi.
Bu kelgusi yillarda iqtisodiy taraqqiyot strategiyasining asosiy yoʻnalishi boʻlishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring