Maktab bitiruvchilariga haydovchilik guvohnomasi berilishi mumkin

21:31 11 Fevral 2020 Siyosat
1585 0

Foto: www.google.com

Xabaringiz bor, bugun “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Loyihada Yoʻl harakati barcha qatnashchilarining huquqiy madaniyati va malakasini oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.

Loyihada:

* umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquv dasturiga majburiy tartibda yoʻl harakatlari qoidalari boʻyicha mashgʻulotlarni kiritish va amaliy mashgʻulotlar oʻtish (10-11-sinfda);

* umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yoʻl harakatlari qoidalari boʻyicha imtihon oʻtkazish va natijalari boʻyicha sertifikat berish;

* umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini tugatgan va imtihondan oʻtgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasi berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?