Maksim Shaskix “Paxtakor” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Foto: pakhtakor.uz
Futbol bilan shugʻullanishni “Paxtakor”da boshlagan Shaskix professional faoliyatini Kiyevning “Dinamo” klubida olib bordi. Sermahsul oʻyinlari bilan muxlislar mehrini qozongan hamyurtimiz keyinchalik murabbiylik ishini ham ushbu jamoada boshladi.
Dastlab akademiya, keyin asosiy jamoada faoliyat yuritdi. Shundan soʻng Rossiyaning “Rotor” klubida ishladi. Joriy yilning iyun oyidan u “Paxtakor”da sport direktori sifatida ishlab kelayotgandi. Klub va Maksim Shaskix oʻrtasida uch yillik shartnoma imzolangan.
«Maksim Aleksandrovich “Paxtakor” bilan koʻplab gʻalabalarga erishadi deb umid qilamiz. Uch yillik shartnoma muddati ham klubimizning Shaskix bilan rejalari ulkanligini koʻrsatadi. Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning “Kremen”, “Arsenal”, “Slavutich”, «Karpati», “Lvov”, «Vorskla» va LNZ, Rossiyaning «Anji», “Rotor”, Gruziyaning “Dinamo” Tbilisi klublarida ishlagan. Shuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlagan. Yordamchi sifatida Vyacheslav Belyayev ishlaydi. U Ukrainaning «Tavriya», “Metallist”, Gruziyaning “Dinamo” (Tbilisi) va Rossiyaning “Rotor” klublarida faoliyat yuritgan. Mahalliy mutaxassislardan Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi), Kamoliddin Tojiyev (yordamchi) va Yuriy Siyanov (jismoniy tayyorgarlik) Shaskixga yordam berishda davom etishadi», deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, “Paxtakor”ning avvalgi bosh murabbiyi Slavche Voyneski (Shimoliy Makedoniya) bilan tuzilgan shartnoma shu yilning 6-iyul kuni bekor qilingani maʼlum boʻlgan edi. Qayd etilishicha, klub va murabbiy oʻrtasidagi bitim ikki tomon kelishuviga koʻra bekor qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring