“Mahrdan kechmaguncha ayolga savob yoʻq, kechilgandan soʻng erning savobiga teng sherik boʻladi”, degan gaplar mutlaqo asossiz — Fatvo hayʼati

13:34 14 Iyun 2021 Jamiyat
1092 0

Ayol kishi mahridan kechishi kerakmi? Bu qanchalik toʻgʻri? Mazkur savolga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati javob berdi.

«Bismillahir Rohmanir Rohim.

Mahrni olish sizning haqqingiz. Undan kechishga majbur emassiz. Baʼzi ilmsiz kishilarning: “Mahrdan kechmaguncha ayolga savob yoʻq, kechilgandan soʻng erning savobiga teng sherik boʻladi”, degan gap-soʻzlari mutlaqo asossizdir. Balki ayol kishi mahrdan kechishi oʻzining ixtiyoridadir. Siz ham kechsangiz, turmush oʻrtogʻingizga ehson qilgan boʻlasiz va shuning savobiga erishasiz. Talab qilsangiz, shariat belgilab bergan oʻz haqqingizni talab etgan boʻlasiz. Vallohu aʼlam!», deyiladi diniy idora javobida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер