Mahmudxoʻja Behbudiy hamda Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofotlar taʼsis etiladi
 
                Hukumat qarori bilan “Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot toʻgʻrisida” hamda “Yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot toʻgʻrisida”gi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur nizomlarga koʻra, mukofot gʻoliblarini aniqlash uchun har 2-yilda 1 marotaba tanlov oʻtkaziladi.
Mukofotlar bilan rejissura va dramaturgiya sohalarida faol ijod qilayotgan rejissyor va dramaturglar teatrlar repertuarini dolzarb mavzudagi sahna asarlari bilan boyitishga qoʻshgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.
Gʻoliblarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 50 barobari miqdorida 1-martalik pul mukofoti hamda diplom va statuetkalar beriladi.
Ijodkorlarni mukofotlar bilan taqdirlash boʻyicha takliflar tegishli tashkilotlar tomonidan Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi. Madaniyat vazirligi nomzodlar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, tanlov oʻtkazilayotgan yilning 1-fevraligacha tegishli komissiyaga taqdim etadi.
Shundan soʻng, komissiya 1-martgacha nomzodlarning hujjatlarini oʻrganib chiqib, har bir mukofot boʻyicha eng munosib 1 nafardan nomzod boʻyicha yakuniy qaror qabul qiladi.
Ushbu mukofotlar 27-mart – Xalqaro teatr kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri yoki uning tegishli oʻrinbosari tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring