Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasining ijrosi muhokama qilindi
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Komissiya aʼzolari, Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi vakillari, mahalliy Kengash raislari va kotibiyat mudirlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Majlisda Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasining ijrosi muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan soʻzga chiqqanlar oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida oʻz fikrlarini hamda senatorlar va mahalliy Kengash deputatlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar boʻyicha takliflarini bildirdi.
Mahalliy Kengashlar tomonidan joriy yilning oʻtgan 9 oyidagi faoliyati ham muhokama etildi.
Bu boradagi ijobiy ishlar bilan bir qatorda Kengashlar tomonidan ayrim xato va kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilgani qayd etildi. Jumladan, ayrim Kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilishda, Kengash ishini tashkil etishda, xat-hujjatlarni yuritishda kamchiliklar mavjudligi taʼkidlandi.
Ushbu masalalar yuzasidan tegishli viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlari soʻzga chiqib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilishiga eʼtibor qaratdi.
Muhokama davomida Komissiya aʼzolari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan qator tavsiyalar bildirildi.
Majlis yakunida Komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring