Mahallalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika, viloyat va tuman (shahar) kengashlari joriy etiladi

20:28 26 Sentyabr 2023 Siyosat
933 0

Respublika kengashiga Bosh vazir, hududiy kengashlarga esa hokimlar rahbarlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Kengashlar “mahalla yettiligi” qoʻygan masalalar boʻyicha har bir tumanning xususiyatidan, mahallalarning oʻziga xosligidan kelib chiqib muammolarga yechim topadi, moliyaviy manbalarini aniqlaydi.

Davlatimiz rahbari mahalladagi muammoli masalalarga yechim topishda ilmiy asoslangan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini qayd etdi.

Mutasaddilarga yangi tizimni yoʻlga qoʻyish, jumladan, mahalladagi muammolarni hal qilishga ilmiy va nodavlat tashkilotlarni ham jalb qilish, ularga alohida grantlar joriy etish, “mahalla yettiligi”ning amalda ishlaydigan aniq vazifalarini belgilash va boshqa tashkiliy-huquqiy masalalar yuzasidan qator topshiriqlar berildi.

Yigʻilishda masʼullar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?