Mahallalar sportning 12 ta ommaviy turidan biriga ixtisoslashtiriladi

14:53 05 Fevral 2024 Siyosat
337 0

Joriy yilda sportga qariyb 2 trillion soʻm ajratilmoqda. Shu bois sportni ommalashtirish boʻyicha tizim toʻliq va yuqori samara bilan ishlashi zarur.

Hokimlar oʻzi musobaqalar tashkil qilib, yangi iqtidorlarni kashf qilishga yetarli eʼtibor qaratmayapti. Oqibatda, hududlarda yaxshi sportchilar chetda qolib ketayapti.

Mahallalarni futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi kabi sportning 12 ta ommaviy turidan biriga ixtisoslashtirish, har oyda mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish muhimligi taʼkidlandi.

Sport vazirligiga va hokimliklarga yil davomida “sektor – tuman – viloyat – respublika” darajalarida ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish topshirildi.

“Sport maktablari – sport kollejlari – sport federatsiyalari – oliy mahorat maktablari” zanjiri asosida doimiy sport bilan shugʻullanuvchilar sonini oshirish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?