“Mahalla uchun kitob” loyihasi — amalda

23:20 15 Fevral 2023 Madaniyat
870 0

Prezidentimizning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasidan kelib chiqib, aholining, ayniqsa, uyushmagan yoshlar va uy bekalarining kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini orttirish maqsadida mahallalardagi kutubxonalarni zarur adabiyotlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilyapti. 

Ayni shu maqsadda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Piskent tuman boʻlinmasi tomonidan “Mahalla uchun kitob” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida dastlab tumandagi Oybek, “Mitan”, “Lolaariq”, “Gʻayrat”, “Oqtepa” “Doʻstlik”, “Zominovul”, “Mingtepa” mahalla fuqarolar yigʻinlariga 40 turdagi oʻzbek va jahon adabiyotiga mansub jami 320 dona kitoblar xayriya tarzida topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?