Mahalla faoliyatining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquqiy asoslariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya
Oliy Majlis Senatida mahalla faoliyatining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquqiy asoslariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Anjuman doirasida mahalla institutining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan toʻrt asosiy yoʻnalishda maʼruzalar eshitildi. Jumladan, “Mahallaning konstitutsiyaviy asoslari” mavzusidagi maʼruzada mahallaning yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan maqomi va jamiyat hayotidagi oʻrni tahlil qilindi. “Fuqarolar yigʻini faoliyatining konstitutsiyaviy kafolatlari” mavzusidagi taqdimotda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishdagi ishtirokini taʼminlash mexanizmlari yoritib berildi.
Shuningdek, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahalliy Kengashlar hamkorligining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari” mavzusidagi maʼruza doirasida mahalliy darajadagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, vakolatlarning aniq taqsimoti va tizimli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
“Adliya organlarining fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlariga huquqiy yordam koʻrsatish tartibi” mavzusidagi maʼruzada esa huquqiy savodxonlikni oshirish va mahallalarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy mexanizmlar haqida fikr yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari mahalla institutini rivojlantirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish va joylarda fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidladi.
Konferensiya yakunlari boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring