“Magnum” supermarketlar tarmogʻi Oʻzbekistonni tark etadi

15:52 19 Iyun 2025 Iqtisodiyot
283 0

Illyustrativ foto

Qozogʻistonning supermarketlar tarmogʻi boʻlgan “Magnum” Oʻzbekiston bozorini tark etmoqda. Bu haqda “Forbes Kazakhstan” xabar qildi.

Tarmoqning Toshkentda beshta supermarketi va bitta gipermarketi bor edi. Maʼlumotlarga koʻra, ularning ayrimlari allaqachon yopilgan, qolganlarida ham oxirgi tovarlar sotib tugatilyapti.

“Magnum” 2021-yil dekabr oyida Toshkentda ikkita gipermarket ochish orqali Oʻzbekiston bozoriga kirib kelgan. 2023-yil avgustida kompaniya Oʻzbekistondagi “Carrefour” tarmogʻining doʻkonlarini boshqargan “Majid Al Futtaim LLC Uzbekistan” biznesini sotib olib, doʻkonlari sonini yettitagacha oshirgan.

Kompaniya vakillari 2024-yilda yana 10 ta savdo nuqtasini ochib, tarmoqlar sonini 17 taga yetkazishini maʼlum qilgan, biroq ushbu kengayish rejalari toʻxtagan. Soʻngra, 2024-yil fevral oyida Toshkentdagi “Magnum Qoratosh” savdo nuqtasi, may oyida esa yana ikki savdo nuqtasi yopilgan.

“EastFruit” tahlilchilarining fikricha, “Magnum” oʻz vaqtida “Carrefour” tarmogʻi tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolardan toʻliq xulosa chiqarmagan. Bu omil ushbu savdo obyektlarini samarali chakana biznes birliklariga aylantirishda muammolar yuzaga keltirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер