Madrimov juda noqulay va kuchli raqib edi – Tayson
Boks afsonasi Mayk Tayson Isroil Madrimov va Terens Krouford bilan jangi haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Sport Illustrated” nashri xabar berdi.
“Kroufordning soʻnggi jangida boʻldim. Madrimov — kuchli yigit, Terens soʻnggi ikkita raundda kambek qila olganidan xursandman. Madrimov juda noqulay va kuchli edi”, degan Tayson.
Shuningdek, boks afsonasi Krouford duch kelgan odam bilan jang qiladi degan gaplarga qoʻshilmasligini bildirgan.
“Navbatdagi jangdan mahrum boʻlmaslik uchun sen yaxshi janglar qilishing lozim. Madrimov ringda yaxshi harakatlandi. Krouford bunday harakatlarga oʻrganmagan. Madrimov haddan tashqari noqulay edi”, degan u.
Qayd etish kerakki, 4-avgust kuni 2 ta vazn boʻyicha mutlaq jahon chempioni Terens Krouford hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan jang qilib, hakamlarning qaroriga koʻra ustun kelgandi. Ushbu bahs butun dunyo boks afsonalari orasiga keng muhokamalarga sabab boʻlgandi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Mayk Tayson 20 yoshida ogʻir vazn toifasi chempioni boʻlgan. U professional ringdagi dastlabki 19 ta jangini nokaut evaziga gʻalaba qozongan boʻlib, shulardan 12 tasi birinchi raundda amalga oshgan. Tayson WBC, WBA va IBF unvonlarini qoʻlga kiritish orqali ogʻir vazn toifasini birlashtirib, mutlaq chempion sifatidagi tarixda qolgan.
Avvalroq, Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring