Madaniyatlarimiz uzviy, qadriyatlarimiz hamohang
Mirishkor tumanining Jeynov mahallasi nafaqat tuman yoki viloyat, balki mamlakatimiz miqyosidagi eng nomdor mahallalardan biri sanaladi. Bu maskanda mamlakatimizdagi arab diasporasi vakillarining eng katta guruhi yashaydi. Ular orasidan koʻplab davlat va jamoat arboblari, mashhur olimlar, ijodkorlar yetishib chiqqan. Oʻzbekiston Qahramoni Murodilla Saidov ham mahallamizning faxri hisoblanadi.
Mahallamizda 1991-yilda Arab milliy madaniy markazi tashkil etilgan boʻlib, bu markaz millatimizning oʻziga xos qadriyatlari, anʼana va urf-odatlarini keng targʻib etish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.
Markaz qoshida “Navobaxsh” xalq etnografik ansambli ham faoliyat yuritadi. Oʻzim ham bir necha yildan buyon ushbu ansamblning badiiy rahbari sifatida faoliyat olib boryapman.
Ayni vaqtda jamoamiz repertuarida oʻzbek va arab xalqlari folkloridagi koʻplab qoʻshiq va raqslar, xalq milliy oʻyinlari jamlangan. Oʻziga xos liboslar kolleksiyasi mavjud. Viloyat va respublika miqyosidagi deyarli barcha yirik bayram va festivallarda ishtirok etib kelmoqdamiz.
Shuningdek, Jeynovdagi madaniyat markazi qoshida oʻzbekistonlik arablarning anʼanalari va urf-odatlari toʻgʻrisida hikoya qiluvchi etnografik muzey faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan. Bu yerga kelgan kishi bizning urf-odatlarimiz, hunarmandchilik namunalari haqida juda koʻp maʼlumotlarga ega boʻlishi mumkin.
Albatta, oʻzbek va arab xalqlarining madaniyati, anʼanalari, turmush tarzi bir-biriga juda oʻxshash. Biz esa ikki millat vakillarining ana shu tarixiy madaniyatini oʻrganish, toʻplash va tarannum etish, qolaversa, kelajak avlodlarga yetkazib berish yoʻlida mehnat qilayotganimizdan faxrlanamiz.
Hamro SHAROPOV,
“Navobaxsh“ xalq etnografik ansambli badiiy rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring