“Madaniyat toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqiladi
Arxiv foto
Bu haqda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida qayd etilgan.
Unga koʻra, Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ–4038-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- madaniyat sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yoʻnalishlari, ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakolatlari;
- madaniyat sohasida fuqarolar, millat va elatlarning huquq hamda erkinliklari;
- madaniy obyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartiblari, shuningdek ularni moliyalashtirish va boshqarishning oʻziga xos xususiyatlari;
- ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, madaniyat sohasidagi xodimlarning ijtimoiy himoyasi;
- madaniy almashuv, xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, madaniyat obyektlari va sanʼat asarlarini ommalashtirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring