Luis Dias faoliyatini Germaniyada davom ettiradi
Foto: “Bavariya” / Instagram
“Liverpul” futbolchisi Luis Dias faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi. Bu haqida nemis klubi oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlumot berdi.
Manbada yozilishicha, Dias bilan 2029-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolangan. Uning maoshi yiliga 2,8 million yevroni tashkil etishi aytilmoqda.
Mazkur transferdan Luisning sobiq klubi “Liverpul” 75 million yevro ishlab oldi. “Mersisaydliklar” Diasni 2022-yilning yanvarida “Portu” klubidan 40 million yevroga xarid qilishgandi.
Maʼlumot uchun, Luis Dias “Liverpul” safida 3-yil davomida 148 ta oʻyinda maydonga tushib, 41 ta gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U sobiq jamoasi bilan Angliya Premyer-ligasi chempionligi va Angliya kubogini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring