“Liverpul” misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Reuters
Angliyaning “Liverpul” futbol klubi matbuot xizmati hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnoma uzaytirilganini maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, hujumchi klub bilan shartnomani 2025-yilgacha uzaytirishga rozilik bildirgan.
Angliya Premyer-ligasining (APL) soʻnggi mavsumida “Liverpul” “Manchester Siti”dan bir ochko ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Chempionlar ligasi finalida esa Yurgen Klopp shogirdlari Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Saloh 2021/22 yilgi mavsumda 49 ta oʻyinda maydonga tushib, 31 ta gol urgan. Umuman olganda, hujumchi jamoasi safida 254 ta oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga 156 ta gol kiritgan. Misr terma jamoasi tarkibida esa Saloh 2017 va 2021-yillardagi Afrika Millatlar Kubogi finalchisiga aylandi.
Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda Muhammad Salohning transfer qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq, “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane Germaniyaning “Bavariya” klubiga oʻtgan edi. Joriy mavsumda Mane “Liverpul” safida 51 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 23 ta gol kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, senegallik hujumchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring