Kutib oluvchilar uchun maxsus inshoot qurilishi boshlandi — Uzbekistan Airports

20:27 23 Fevral 2023 Jamiyat
436 0

“Toshkent” xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi. 

Rejalashtirilgan ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon oʻrniga quriladi. Qurilish ishlari mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari munosabati bilan terminal oldidagi toʻsiqdan yashil hududgacha boʻlgan hudud banner bilan oʻrab qoʻyilgan.

Yoʻlovchilarning shaharga chiqishi vaqtincha P2 avtoturargohi orqali (ketish va kelish terminallari oʻrtasida) amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?