«Kupon pul, 7 soʻmlik dollar va xronologiya»: Milliy valyuta tarixidan 10 ta fakt yoxud oʻzbek soʻmi – 30 yoshda
1994-yil 1-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm banknotalari ilk marta muomalaga chiqarilgan. Bu ogʻir iqtisodiy holatda oʻz valyutasiga ega boʻlish oʻsha davrda katta yutuq edi. «Xalq soʻzi» milliy valyutamizning tarixidan 10 ta faktni taqdim etadi.
1-fakt. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi «Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq, 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta – soʻm muomalaga kiritildi.
2-fakt. Milliy kupyuralarimiz ilk marotaba valyuta birjasida 1 AQSH dollariga nisbati 7 soʻm boʻlgan.
3-fakt. Mustaqillikning dastlabki 3-yilida yurtimizda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada edi.
4-fakt. 1992-yilning yanvaridan isteʼmol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat Oʻzbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993-yilning 15-noyabrida soʻm-kupon muomalaga chiqarilgan. Shundan soʻng 1 hafta oʻtib – 22-noyabrgacha gazeta qogʻozida chop etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar pul birligi sifatida muomalada boʻlgan.
5-fakt. Soʻm-kuponlar 9 oy va 15 kun 5 oy ishlatilgan. Soʻm muomalaga kiritilganidan soʻng 1-avgustiga qadar amal qilgan.
6-fakt. Soʻm dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar; 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻmlik qogʻoz kupyuralar bilan bir vaqtning oʻzida muomalaga kirgan.
7-fakt. Ushbu qogʻoz pullarning hammasi Germaniyaning «Giesecke & Devrient» firmasida chop etilgan.
8-fakt. 200 soʻmlik banknotalar va boshqa keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi «Davlat belgisi» DIChHB davlat korxonasida bosilmoqda.
9-fakt. Eng kichik kupyura 1 soʻmlikning orqa tarafida – Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri, 3 soʻmlikda – Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi, 5 soʻmlikda – Oʻzbekiston Milliy bogʻidagi Alisher Navoiy sharafiga oʻrnatilgan haykal va meʼmoriy kompozitsiya, 10 soʻmlikda – Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasi, 25 soʻmlikda – Samarqanddagi Shohi Zinda tarixiy-meʼmoriy ansambli, 50 soʻmlikda Samarqanddagi Registon tarixiy-meʼmoriy ansambli, 100 soʻmlikda – Toshkentdagi Xalqlar doʻstligi saroyi tasvirlangan.
10-fakt. 1997-yil 200 soʻmlik, 1999-yil 500 soʻmlik, 2001-yil 1000 soʻmlik, 2013-yil 5000 soʻmlik, 2017-yil 10000 va 50000 soʻmlik, 2019-yil 100000 soʻmlik banknotalar muomalaga chiqarilgan. Yangi koʻrinishdagi 2021-yil 14-iyundan 2000 va 20000 soʻmlik, shu yilning 26-avgustidan 5000 va 10000 soʻmlik, 22-dekabrda 50000 va 100000 soʻmlik, 2022-yilning 15-iyulida 200000 soʻmlik kupyuralarimiz muomalada paydo boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring