Kuniga ikki dona sigaret chekish oʻlim xavfini 60 foizga oshiradi — Tadqiqot

17:29 20 Noyabr 2025 Jamiyat
346 0

Xalqaro olimlar guruhi tomonidan olib borilgan soʻnggi tadqiqot natijalariga koʻra, kun davomida ikki dona yengil sigaret chekish ham erta oʻlim xavfini sezilarli darajada oshiradi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.

Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, kuniga 2-5 dona sigaret chekadigan odamlarda hech qachon chekmaganlarga qaraganda oʻlim xavfi taxminan 60 foizga yuqori boʻladi.

AQSH va Braziliyada oʻtkazilgan mazkur tadqiqotda 20-yil davomida jami 323 ming 826 nafar katta yoshdagi insonlar nazorat ostida kuzatib borilgan. Shu vaqtga qadar tahlillarda qatnashganlar orasida 125 mingdan ortiq oʻlim va 54 ming yurak-qon tomir kasalliklari qayd etilgan.

“Kuniga bitta sigaret ham inson hayoti uchun xavf tugʻdiradi. Chekadigan insonlarda chekmaydiganlarga qaraganda turli kasalliklarga chalinish holatlari koʻproq uchraydi. Xavf chekishni tashlaganidan keyingi dastlabki oʻn yil ichida sezilarli darajada kamayadi” — deydi tadqiqotchilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?