Krishtianu Ronaldu “Barselona” futbolchisi haqida: “U fenomen va buyuk kelajak kutayapti”
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yosh ispaniyalik isteʼdod Lamin Yamal haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Yamal kelajakda ham jamoaviy, ham shaxsiy sovrinlarga ega boʻladigan fenomen futbolchi hisoblanadi.
“Lamin kelgusida bir nechta jamoaviy va shaxsiy mukofotlar sohibi boʻladi. U fenomen. Uni ajoyib martaba kutmoqda. Millatlar ligasini bir necha bor yutishi mumkin”, — dedi Ronaldu. Shu bilan birga, u Lamin Yamalga hali 17 yosh ekanini inobatga olib, unga ortiqcha bosim oʻtkazmaslikni soʻradi. “Men sizdan shuni soʻrayman. U erkinlikni his qilishi kerak”, — deya qoʻshimcha qildi portugaliyalik yulduz.
Maʼlumot uchun, kecha boʻlib oʻtgan Millatlar ligasi finalida Portugaliya terma jamoasi Ispaniyani penaltilar seriyasida magʻlub etdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangan boʻlsa, penaltilarda portugallar 5:3 hisobida gʻalaba qozonib, ushbu musobaqada ikkinchi bor bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Lamin Yamal esa ushbu bellashuvda Ispaniya safida maydonga tushdi va yosh boʻlishiga qaramay, katta ishonch bilan harakat qildi. Ronalduning qoʻllab-quvvatlovi Yamal uchun katta motivatsiya boʻlishi shubhasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring